Bo’lim boshlig’i: Abdurahmanov Ilhom Isakovich

    Telefon: 237-09-87

    elektron-manzil: international(a)tiim.uz,  ilhom.isakovich@gmail.com

Xalqaro aloqalar bo’limi ish faoliyati

Bo‘limning asosiy faoliyati Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalar, ta’lim markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iboratdir.

Bugungi kunda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Germaniyaning Xumboldt, Xohenheim, Gottingen, Vayenshtefan, Giessen  universitetlari, Gollandiyaning Vageningen, Endhoven va shu kabi Evropaning 25 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish tashkilotlari hamda institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Institutimiz xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar almashinuv, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, on-line rejimida videokonferensiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, jamoat tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Koreya Respublikasining KOICA, Slovakiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, Yaponiyaning JICE, JISA, Germaniyaning GOETHE instituti, GIZ va GTZ tashkilotlari, Buyuk Britaniyaning BRITISh COUNCIL, Isroilning MASHAW va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.

TIMIning ko‘plab professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda  Osiyo, Yevropa hamda boshqa mintaqa davlatlarida o‘tkaziladigan suv muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Suv xo’jaligi bilan bog’liq fanlarning yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqda. Jumladan 2013-2014 yillar davomida 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar chet elga malaka oshirish, seminar va xalqaro konferensiyalar xamda turli darajadagi tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborildilar.
Shu bilan bir qatorda TIMI  Xalqaro aloqalar Kengashi tomonidan tasdiqlangan, institutda yuqori baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol qatnashadigan, xulqi namunali talabalar hukumatlararo, institutlararo hamkorlik bitimlarga asosan o‘qib kelmoqdalar. 2013-2014 yillar davomida 30 nafardan ortiq bakalavr va magistrantlar Erasmus Mundus loyihasi dasturlari orqali Evropaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga, ta’lim markazlariga  qisqa va uzoq muddatli o’qish va stajirovkaga yuborildi.
Bugungi kunda TIMIda quyidagi xalqaro loyihalar va grantlar mavjud:

  1. Erasmus Mundus ning EURO-ASIAN CEA, TIMUR, CASIA loyihalari
  2. TEMPUS ning SWAN, SAMUZ, GEOUZ loyihalari
  3. Volkswagen jamg’armasi  loyihasi- InDeCA

2015 yilda institut Xalqaro aloqalar bo‘limi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Bo’lim vazifalari

  • Chet el ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni va do’stlikni rivojlantirish va mustaxkamlash;
  • Milliy kadlar tayyorlashda rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish;
  • Xorijiy ta’lim muassasalaridagi fan va texnika sohasidagi ijobiy yutuqlarni o’rganishda ko’maklashish va o’z bilimlarini chet elda yanada oshirish uchun  xamkorlik qilish;
  • TIMI olim va mutaxasislarini halqaro ilmiy forumlar faoliyatida qatnashishlarini  joriy qilish;
  • Kadrlar tayyorlash tizimi va ilmiy tadqiqotni rejalashtirish bilan tanishtirish;
  • Chet el ilmiy tekshirish institutlari va ta’lim dargohlarida Ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish;
  • O’qish, ilmiy-amaliy tajriba ortirish, malaka oshirish va chet tillarni bilish darajasini rivojlantirish;
  • Ilmiy forumlarda, xalqaro ilmiy kongresslarda va anjumanlarda qatnashish;
  • Dolzarb ilmiy muammolar bo’yicha lekstiyalar o’qish va chet elda tarqatish.

Xalqaro bo’limda funksional majburiyatlari quyidagi shaklda tasdiqlangan:

Bo’lim boshlig’i

  • Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarining umumiy boshqaruvi;
  • Chet elga chiqish uchun nomzodlar tanlashni nazorat qilish;
  • Xorijdan mexmonlar,  delegastiyalar,  amaliyotchilar va ilmiy hodimlar qabul qilishni tashkillashtirish;
  • Xalqaro loyixalar va dasturlarni tayyorlash va ularni boshqarish va ularning natijalarini umulashtirish va taxlil qilish;
  • Yuqori instansiyalar bilan aloqada bo’lish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan halqaro almashinuv dasturlari doirasida marosimlar rejalashtirish va o’tkazish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan to’g’ridan to’g’ri kelishuvlar olib borish va tashkillashtirish;
  • Muzokaralar olib borish;
  • Elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan o’qish va malaka oshirish masalalar bo’yicha xamkorlik o’rnatish;
  • Yillik hisobot tayyorlash;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan ish aloqalarini olib borish;
  • Chet el oliy ta’lim muassalari bilan zamonaviy va to’g’ri yozishmalarni olib borilishini nazorat qilish;
  • Xorijiy deligastiya va mutaxassislarni qabul qilish;
  • Elchixonalar va halqaro tashkilotlar bilan o’qish va tajriba amaliyot dasturlari masalasida aloqa qilish.

Nazoratchi

  • Kelish va ketish xujjatlarini rasmiylashtirish,
  • Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida o’qiyotgan xorijiy talabalarni ro’yxatdan o’tkazish;
  • Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida o’qiyotgan xorijiy talabalarning davlatlaridagi muxim sanalarini nishonlash;
  • Yuqori instanstiyalar bilan xalqaro talabalarning o’qishi masalasida aloqada bo’lish;
  • Xujjatlarni va xatlarni tarjima qilish;
  • Xorijiy talabalarni o’qishga qabul qilish va ular bilan shartnomalar tuzish.

Xalqaro hamkorlik aloqalari

Institut 20 dan ortiq davlatning (Sloveniya, Yangi Zerlandiya, Zagreb, Zlin, Germaniya, Rossiya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvesiya, Fransiya, Italiya,  Astriya, Yaponiya, Ukraina, Qozog‘iston,) 50 tadan ortiq universitetlari, 10 tadan ortiq ilmiy-tadqiqot markazlari va bir nechta tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, shulardan 50 tasi  bilan hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv va Memorandumlariga  ega.

 Rossiya

  • Chelyabinsk Davlat agromuxandislik universiteti
  • Mariy Davlat texnika universiteti
  • Komsomolsk Amur Davlat texnika universiteti
  • Bashkir Davlat agrar universiteti
  • M.V.Lomonosov nomli Moskva Davlat universiteti
  • N.I.Makkaev nomidagi tuproqning eroziyasi va uzan jarayoni ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi
  • Moskva Davlat tabiiy sharoitlarni yaxshilash universiteti
  • Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti
  • Volgograd davlat agrar universiteti

Ukraina

  • Ukraina suv xo’jaligi va tabiatdan foydalanish milliy universiteti

 Qozog‘iston

  • L.N.Gumilev nomidagi Evrosiyo milliy universiteti
  • Qozoq milliy agrar universiteti
  • Qozogiston-Germaniya universiteti
  • KIMEP universiteti
  • Turar Riskulov nomidagi Qozogiston iqtisodiyot universiteti
  • Akademik E.A.Buketov nomidagi Karaganda Davlat universiteti
  • Zangirxon nomidagi Qozogiston-Garb agrar-texnika universiteti
  • Kustan Davlat universiteti

Qirgiziston          

  • Qirgiziston milliy universiteti
  • S.Namatov nomidagi Norin Davlat universiteti
  • K.I.Skryabina nomidagi Qirgiziston Davlat texnika universiteti
  • Rossiyaning Qirgiz-Slavyan universiteti

Tojikiston

  • Xujand politexnika institute-Tojikiston texnika universiteti
  • Tojikiston Davlat savdo universiteti
  • Tojik agrar universiteti

Turkmaniston 

  • Turkmaniston Davlat iqtisodiyot va boshqaruv instituti

 Ispaniya

  • Deusto universiteti
  • Granada universiteti

 Shvetsiya

  • Lund universiteti
  • Shvetsiya agrar universiteti

 Germaniya

  • Berlinning Xumboldt universiteti
  • Gissen universiteti
  • Xohenxaym universiteti
  • ZALF Germaniya landshaft va suv xo’jligi instituti

  Italiya

  • Ferrara universiteti

Sloveniya

  • Lyublyana universiteti

Avstriya 

  • Grats universiteti
  • BOKU universiteti

Fransiya 

  • Lill universiteti 

Gollandiya 

  • Endxoven texnologiyalar universiteti
  • Vageningen universiteti

Xorvatiya 

  • Zagreb universiteti

Chexiya 

  • Tomash Batya nomidagi Zlin universiteti
  • Chexiya amaliy tadqiqotlar universiteti

Slovakiya 

  • Slovakiya qishloq xo’jalik universiteti

Suriya 

  • Qurgoqchilik mintaqalarida qishloq xo’jaligi tadqiqotlari markazi (ICARDA)

Portugaliya 

  • Algarve universiteti

Tadbirlar

2015 yil 16-21 FevralkunlariToshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida (TIMI) SAMUz loyihasi doirasida oly o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari uchun seminar-trening bo’lib o’tdi.

TIMIda Evropa IttifoqiningTEMPUS dasturi SAMUz – O’zbekistonda barqaror fermer xo’jaligini boshqarish loyihasi doirasida seminar trening bo’lib o’tdi.Seminar 16-21 fevral kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan bo’lib unda o’zbekistonlik hamkor oily ta’lim muassasalaridan (Andijon qishloq xo’jaligi instituti, Samarqand qishloq xo’jali giinstituti, Toshkent Davlat Agrar universiteti, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti)  to’rt nafardan va Termiz davlat universitetidan esa ikki nafar professor o’qituvchilar qatnashishdi. Barcha professor o’qituvchilar o’zmuassasalaridan loyihaishchiguruhi tomonidan tanlov asosida saralab olingan bo’lib ular seminar yakunida seminar mavzulari bo’yicha imtihon topshirdilar. Mazkur imtihon natijalariga ko’ra saralangan professor o’qituvchilar Yevropa hamkor OTMlarga malaka oshirishga yuboriladilar hamda yangi tahrirdagi “Qishloqxo’jaligi menejmenti”  bakalavr yo’nalishida dars beruvchi professor-o’qituvchilarga seminar-treninglar o’tish huquqiga ega bo’lishadi. Darslarni yevropalik hamkorlardan Germaniyaning Halle-Wittenberg universiteti professor Michail Grings, Gretsiyaning Aristoteles-Tessaloniki universitetidan professor MoschouDimitrioslar olib borishdi.

xalqaro11

IMG_0965IMG_0941

IMG_6969

2015-2016 ўқув йили учун Эрасмус Мундус Евро-Осиё CEAI vaII лойиҳаси дастурининг грант ғолиблари

EACEA I гранти ғолиблари:

EACEA UID Исм Фамилия Таргет гурух Муддати(ой) Хостинг университет
EACEA I EACE1400514 Умар Рамазанов TG1 6 Берлиндаги Хумболдт университети
EACEA I EACE1400745 Ғулом Бекмирзаев TG1 10 Лилл университети
EACEA I EACE1401023 Тўхтамурод Атакулов TG1 3 Берлиндаги Хумболдт университети

EACEA II гранти ғолиблари:

EACEA UID Исм Фамиля Таргет гурух Муддати(ой) Хостинг университет
EACEA II 2EAC1400471 Хуршид Мамажонов TG1 12 Лилл университети
EACEA II 2EAC1400822 Боходир Хамидов TG1 6 Загреб университети
EACEA II 2EAC1401037 Карина Исмоилова TG1 10 Загреб университети
EACEA II 2EAC1401077 Учкун Алимов TG1 1 Загреб университети
EACEA II 2EAC1401085 Фаррух Каттакулов TG1 10 Загреб университети
EACEA II 2EAC1401181 Тохиржон Султанов TG1 1 Берлиндаги Хумболдт университети
EACEA II 2EAC1401216 Зоҳиджон Шодмонов TG1 10 Любляна университети
EACEA II 2EAC1401241 Каримжон Иброхимов TG1 10 Загреб университети
EACEA II 2EAC1401284 Ахмад Хамидов TG1 1 Лунд университети
EACEA II 2EAC1401053 Аслиддин Бобочолов TG1 10 Берлиндаги Хумболдт университети