logo

Toshkent  irrigatsiya va melioratsiya instituti «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti yetakchisi
Alimov Uchqun Zoirovich
Телефон: (+99871 ) 237-19-33
Е- mаil: timi_kamolot@inbox.uz

 

O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng bir qancha yuksak yutuqlar va cho’qqilarga erishdi,bu yutuqlarga  yoshlar yanada ko’proq  o’z hissalarini qo’shish maqsadida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashkil etildi. Uning  Markaziy kengashi  2001-yil 25-apreldan,Toshkent shahar kengashi 2001 yil 7-maydan boshlab o’z faoliyatini boshladi. Mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati samaralarini atroflicha yoritishga uning  mohiyatini keng targ’ib etishga  yoshlar bilan  yaqindan  faol  muloqotda bo’lishga  «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining hissasi katta bo’lib,u sezilarli darajada o’z o’rnini topdi.Shu boisdan Toshkent  irrigatsiya va melioratsiya instituti «Kamolot»  yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti 2001 yilning  aprel oyida  tashkil  etilgan. «Kamоlot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida  yoshlarni  yanada  bilim va salohiyatlarini kengaytirish,ularning  o’qish va malakalarini oshirish,har bir yosh talabaning qiziqishlaridan  kelib chiqqan holda  ularga to’g’ri  yo’l ko’rsatish maqsadida tashkil qilindi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotida Abdumalik  Ibragimov (2001-2005 yillar), Xurshid Shermuhammedov (2005-2008 yillar ), Kamoliddin Usmonov (2007-2008 yillar), Nodirjon Yo’ldashev (2008-2012 yillar) yetakchi  sifatida  o’z  faoliyatini olib borishgan. 2012-yildan buyon  Uchqun Alimov «Kamolot» yoshlar ijtimoiy  harakati boshlang’ich  tashkiloti yetakchisi  hisoblanadi.  Uchqun Alimov 2012 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi sovrindori, 2013 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yil etakchisi” tanlovi g‘olibi, 2014 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

Shu bilan birga, U.Alimov rahbarligida institutning havaskor futbol jamoasi bilan 2013 yilda “Kamolot kubogi” musobaqasining kumush medali sohibi, institutning “Targ‘ibot” jamoasi 2014 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi g‘olibi, 2016 yilda institutning “Irrigator” jamoasi bilan “Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik tanlovi sovrindori bo‘lgan.

Hozirgi kunda o’z tafakkuri, bilimi, salohiyati va qobiliyati bilan “Gidromelioratsiya” fakulteti yetakchisi sifatida Shaxzod Normurodov, ”Gidromexanika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakulteti yetakchisi sifatida Nazar Abdumajidov, ”Suv xo’jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash” fakulteti yetakchisi sifatida Jonibek Soburov, ”Suv xo’jaligida menejment” fakulteti yetakchisi sifatida Muxammad Xoluqulov, ”Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti yetakchisi sifatida  Alisher  Raxmonovlar talaba yoshlarni “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” faoliyatida faol ishtirokini ta’minlashda o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bu esa ularga  ham rag’bat,ham ishonch bo’lib qanot bag’ishladi.

Boshlang’ich tashkilot maqsadi shundan iboratkiharakatning o’qish jarayonlarida o’quvchi talabalarning  qonuniy huquq va manfaatlarini ximoya qiladigan, ularning har tamonlama barkamol, salohiyatli va yetuk kadr bo’lib yetishishida oliy ta’lim muassasalariga ko’maklashishdan iboratdir. Mamlakatimizda yoshlar  muammolarini yechishga qaratilgan dastur va tadbirlarni amalga oshirishda, yoshlarning hayotida o’ziga munosib  o’rnini topishda, ularning jismoniy  tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari , kelajakda sog’lam turmush kechirishlari, yuksak bilim darajasiga ega bo’lishlari uchun zamin tayyorlashda faol ishtirok etadi.

Boshlang’ich tashkilot vazifalari-mustaqil fikrlaydigan o’zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyatda munosib o’rin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy-hiquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko’maklashish, shu jumladan;

-talaba yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o’z kasbining yetuk mutaxasisi bo’lishga qiziqishlarini kengaytirishga qaratilgan intilishlarini qo’llab-quvvatlash;

-iste’dodli talaba-yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohoyatini ro’yobga chiqarishlari uchun imkon yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

-yoshlarda sog’lom turmush tarzi, ekologik madaniyatini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb qilish shular jumlasidandir.

Institut «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotiga 4000 dan ortiq talaba-yoshlar a’zo hisoblanadi. Toshkent  irrigatsiya va melioratsiya institutida boshlang’ich tashkilot yetakchisi,  besh nafar fakultet sardorlari va to’qqiz nafar kengash a’zolari faoliyat olib borishmoqda.

Ular quyidagi yo’nalishlarga mas’uldirlar:

Tashkiliy va axborot-tahlil yo’nalishi a’zolarning Umumuy yig’lishi, boshlang’ich tashkilot Kengashi yig’lishlari kun tartibi va bayonlarini ishlab chiqadi, boshlang’ich tashkilotning ish rejalari va hisobotlarini tayyorlaydi, devonxona ishini tashkil etadi , shu jumladan, axborot va ma’lumotlarni umumlashtirish, sardorlarga uslubiy ko’mak ko’rsatish, kadrlar zahirasini shakllantirish faoliyatini olib boradi.

Huquqiy-savodxonlik yo’nalishi— talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga va huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularning demokratik islhotlarni chuqurlashtirish, fuqorolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi.Yoshlarga  oid qonun qonunosti xujjat-larning targ’ibot va tashviqotini olib boradi. Huquqiy mavzudagi ko’rik-tanlovlarda talaba-yoshlarning ishtirokini ta’minlaydi va kengaytir-moqda.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishi  talaba-yoshlarning yuksak ma’naviyatli shaxslar bo’lib yetishishi, ularda milliy va umuminsoniy  qadriyatlarga xurmat ruhining shakllanishiga past saviyali “ommaviy madaniyat” va milliy ma’naviyatimizga zid bo’lgan tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda tashkil etadi. Talabalarning madaniy dam olishi va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalish  talaba-yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy axvolidan doimiy xabardor bo’lish va qo’llab quvvatlash choralarini ko’radi, talabalarning uquv amaliyotlarini mazmunli o’tkazishi, bitiruv-chilarning ishga joylashishi yuzasidan mehnat yarmarkalari,korxona, muassasa va tashkilotlarga tashriflar uyushtirishda, talabalarda tadbirkorlik ko’nikmalarini  shakllan-tirishda ta’lim muassasasiga ko’maklashadl.

 

Iqtidorli yoshlar va yosh olimmlar yo’nalishi  ta’lim muassasidagi iqridorli talaba-yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, istedod va qobiliyatkarini yuzaga chiqarishda tashabbus va maqsadli loyihalarni amalga oshirishda ko’maklashadi. Ularni turli klub va markazlar faoliyatiga birlashtiradi hamda respublika miqqiyosida e’lon qilingan tanlovlarda, iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan loyoha va dasturlardagi ishtrokini ta’minlaydi.

Sport, salomatlik ekologik madaniyat yo’nalishi talaba-yoshlar ongiga sog’lom turmush tarzi va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish g’oyalarini singdirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.Tuli sport sog’lomlashtirish tadbirlari, sog’lom turmush tarziga oid suhbatlar, ekologik saodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalar, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari, ommaviy hasharlarni tashkil etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o’tab, o’qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo’nalishi  ushbu talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning salohiyatidan keng foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlani amalga oshiradi.

Matbuot yo’nalishi »Kamolot» YIH BT faoliyatiga oid  ma’lumotlar, o’tkazilgan tadbirlarni devoriy gazetalarda, internet saytlarida,  ta’lim muassasasi hamda »Kamolot» YIH Markaziy Kengashi muassisligidagi va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi.

Тошкент ирригация ва мелиорация институти “Камолот” ЁИҲ бошланғич ташкилоти

телефон: (0371) 237 19 33, email: timi_kamolot@inbox.uz