Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

 bbb1

  Bo’lim boshlig’i –Isayev Sabirjan Xusanbayevich  

Tel: +99871 237 19 61

                                                                                   

 

IT va IPKT bo‘limning maqsadlari, vazifalari:

-ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishini tashkil etish va muvofiqlashtish;

-qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi mavjud ilmiy-texnik muammolarni hal qilishda institut olimlari ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;

-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga keng jalb etish yo‘li bilan institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar saviyasini oshirishga ko‘maklashish;

-institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etish;

-byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;

-ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilish;

-tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;

-institut kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning faoliyatini yagona dastur asosida rivojlantirib, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.

 

Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida ma’lumot

2017 yilda Institutning ilmiy-tadqiqot rejasida Respublikamiz agrar sohasi uchun bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan 6 ta ilmiy muammolarga asosan olib boriladi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining 17 ta amaliy, 2 ta innovatsion hamda 1 ta yosh olimlar amaliy grant loyihalari, 11 ta O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik hamda xo‘jalik shartnomalari, 50 ta Davlat byudjeti hisobidan tashabbuskor ilmiy ishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

 

Ilmiy-uslubiy ishlar

2016 yilda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida institut olimlari tomonidan jami 11 ta monografiya, 5 ta darslik, 34 ta o‘quv qo‘llanma, 42 ta uslubiy ko‘rsatmalar, 22 ta tavsiyanoma chop etilib, 15 ta paten va avtorlik guvohnomalari olinib, 14 ta ishlanmaga talabnomalar rasmiylashtirilgan. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni 651 ta bo‘lib, shundan respublika jurnallarida 120 ta, chet el ilmiy jurnallarida 95 ta, xalqaro anjuman 187 ta, respublika anjumanlari to‘plamlarida 249 tani tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24-iyundagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” qarori talablari asosida institutda ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda Institutda 24 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar jumladan 1-kursda 7 nafar, 2-kursda 9 nafar va 3-kursda 8 nafar faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek 45 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlariga alohida e’tibor qartilmoqda. Joriy yilda 145 nafarga yaqin yosh o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha shaxsiy ish rejalari tasdiqlandi.

2015-2017 yillarda institutimizda 9 ta fan doktori va 4 ta PHD dissertatsiyalari himoya qilindi:

  1. Sultanov Taxirjon Zakirovich. 05.23.07 va 01.02.03 ixtisosliklari bo’yicha “Inshootning fazoviy va chiziqsiz deformatsiyalanishini hisobga olgan holda gruntli to’g’onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari”.
  2. Murodov Rustam Anvarovich 06.01.02 ixtisosligi bo’yicha “Suv iste’molchilari uyushmalarida irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida foydalanishning texnologik asoslari”
  3. Mirzaev Baxadir Suyunovich 05.07.01 ixtisosligi bo’yicha “O’zbekiston sharoitida tuproq eroziyasiga qarshi ishlov beradigan texnologiyalar va texnik vositalarni takomillashtirish”.
  4. Isaqov Abdusaid Jalilovich 05.05.07 ixtisosligi bo’yicha “Agrasanoat kompleksini qayta tashkil etish sharoitida energetik servis”.
  5. Abduvaliyev Abdukaxor Abdulxayevich 05.02.04 va 05.11.01 ixtisosliklari bo’yicha “Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish, o’lchash yagonaligini ta’minlash va muvofiqligini baholash tizimlarini takomillashtirish” mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilib, fan doktorlari ilmiy darajasini olishdilar.
  6. Omarova Galiya Edilbekovna 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik ekinlarini GATdan foydalangan holda sug‘orishning resurstejamkor usullari, texnikasi va texnologiyasining ilmiy asoslari (Qozog‘iston Respublikasi janubiy va janubiy-sharqiy hududlari misolida)”
  7. Yangiev Asror Abdixamidovich 05.09.06 Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi ixtisosligi bo‘yicha “Совершенствование конструкций, расчетного обоснования и эксплуатационной надежности вихревых шахтных водосбросов высоконапорных гидроузлов”.
  8. Radkevich Mariya Viktorovna 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo‘yicha “Avtomobil-yo‘llar kompleksining havo muhitiga ta’sirini baholash”.
  9. Isaev Sabirjan Xusanbaevich 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “G‘o‘za va g‘allani subirrigatsiya usuli bilan sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish”.
  10. Po’latov — 12.06.2015 y. (Shvetsiyaning Lund Universiteti).
  11. Nurmetov — 26.06.2015 y. (Slovakiyaning Nitra universiteti).
  12. A.Xamidov — 07.2015y. (Germaniyaning Gumbolt universiteti)
  13. G’.Bekmirzaev – 18.02.2017 y. (Fransiyaning Lille universiteti) da PhD darajasidagi dissertatsiyalarini himoya qildilar.

 

Institut talabalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stependiyalar tanlovida qo‘lga kiritilgan natijalari

2016-2017 o‘quv yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va Beruniy, Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovlarining 1 va 2-bosqichlarida talabalarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va quyidagi natijalarga erishdi:

  1. Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti “Elektroenergetika” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich 13-guruh talabasi Sultonov Sanjarbek Soyibjon o‘g‘li-Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
  2. Erdan foydalanish va Er kadastri fakulteti “Geodeziya kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich 1-guruh talabasi Jomurodova Xulkaroy Xolmurod qizi -Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
  3. Suv xo‘jaligida menejment fakulteti “Menejment” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich 6-guruh talabasi Xamidov Sardor Solijon o‘g‘li- Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
  4. Suv xo‘jaligida menejment fakulteti “Menejment” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich 2-guruh talabasi Xoliqulov Muxammad Abdurasul o‘g‘li — “Qori-Niyoziy” nomidagi stependiyasi sohibi bo‘ldi.
  5. “Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash” fakultetining4-bosqich, 7-guruh talabasi Xolova Sarvinoz Oripovna-“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining “Kamolot stipendiyasi” sohibasi bo‘ldi.
  6. “Gidromelioratsiya” fakultetining 3-bosqich, 6-guruh talabasi Normurodov Shaxzod -“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining “Kamolot stipendiyasi” sohibi bo‘ldi.
  7. “Suv xo‘jaligida menejment” fakultetining 2-bosqich, 2-guruh talabasi Raxmatova Muxlisa Abdug‘ani qizi — “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining “Kamolot stipendiyasi” sohibasi bo‘ldi.
  8. Gidromelioratsiya fakulteti “Kasbiy ta’lim” suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich, 18-guruh talabasi Sayfieva Yulduz O‘ktam qizi -O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmasi”ning stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

IT va IPKT bo‘limning xodimlari

 qewq

Ismailova Nadejda Igorevna

Yetakchi patentshunos

 

 bbb3  

 Karimova Zarina Abduraximovna

Yetakchi iqtisodchi

 

 bbb5  

 Tulyaganova Shoira Shomuradovna

Kichik ilmiy xodim

 

 bbbb6  

 Yarova Sevara Bohodir qizi

Kichik ilmiy xodim

 

 

         

Suvanov Anvar To’ychiyevich

Yetakchi mutaxassis                                              

 

 

 

 

           Mirzaqobulov Jahongirmirzo Bahtiyorjon o’g’li 

 Muxandis