Yangiliklar

Kollej o’quvchilar uchun davra suhbati tashkil etildi 

Bugun SXM fakultetining faol talabalari Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanidagi Respublika imkoniyati cheklanganlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejiga «Muammolar yoshlar nigohida» mavzusida davra suhbati o’tkazishdi. Mavzu yuzasidan 4ta yo’nalish bo’yicha kollej o’quvchilari muammoli vazifalarni yoritib o’z fikrlarini bildirib o’tishdi. Davra suhbari so’ngida institutimiz talabalari o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.

Тошкент ирригация ва мелиорация институти “Камолот” ЁИХ Бошланғич ташкилоти 2017 йил 29 март куни ўтказилган факултетлар ўртасидаги “Зукко Китобхон” интелектуал ўйини ва “Китоблар кўргазмаси” кўрик танловида иштироки хамда ташкилий ишлардаги фаоллиги учун ГТИҚ ва УФ факультети талабалари институт ректорининг фахрий ёрлиқлари билан тақдирландилар.  Фахрий ёрлиқларни «Камолот» ЁИҲ БТ ГТИҚ ва УФ факультети сардори Н.Абдумажидов талабаларга факультет Кенгаш йиғилишида топширди.

 

SXM da «Kamolot stipendiyasi» targ’iboti bo’lib o’tdi

24-mart kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti «Suv xo’jaligida menejment» fakulteti talabalari o’rtasida «Kamolot stipendiyasi» targ’iboti o’tkazildi.  Davra suhbati ko’rinishida o’tkazligan targ’ibotda 2016-yilda «Kamolot stipendiyasi» g’olibasi bo’lgan SXM fakultetining 2-kurs talabasi M.Rahmatova so’zga chiqib, stipendiya uchun topshiriladigan hujjatlar haqida ma’lumot berib o’tdi.

  

«КИТОБЛАР КЎРГАЗМАСИ» КЎРИК ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛДИ

“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати томонидан Тошкент ирригация ва мелиорация институтида «Китоб Кўргазмаси» кўрик танлови ўтказилди. Ушбу Китоблар кўргазмаси институтимизнинг “Б” биносининг биринчи қаватида бўлиб ўтди. У ерда баъдий ва илмий китоблар тақдим этилди ва кўпгина ёшларни ўзига жалб этди. Кўргазма давомида ёшларимиз ўзининг қизиқарли фикирлари билан кўргазмада қатнашишди ва уларни китобга бўлган қизиқиши янада ошди. Кўргазмада фахирли биринчи ўринни “ГТИҚ ва УФ” факултети эгаллади.

Ғолиб бўлган жамоаларни институт раҳбарияти томонидан Маънавият ва марифат ишлари бўйича проректор Қ. Шавазов,  бош ҳисобчи И. Ҳасанов, Мониторинг ва ички назорат бўлим бошлиғи Х. Лапасов, Эшимов Азамат Ёшлар билан ишлаш бўлим мудири «Камолот» ЁИҲ БТ етакчиси У. Алимов тақдирлади.

«ЗУККО КИТОБХОН» КЎРИК ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛДИ.

Институтимиз ёшларини Ватанимиз, халқимиз, миллий қадриятларимиз, тарихий-маънавий меросимизга ҳурмат ва садоқатли қилиб тарбиялаш, дунёқараши ва фикрлаш доирасини кенгайтириш, ижодий салоҳиятини ошириш, маънавий баркамол шахс бўлиб вояга етишларида кўмаклашиш, иқтидорли, ижодкор ёшларни рағбатлантириш, уларнинг ўз ақл-заковатини намоён этишига кўмаклашиш, китоб ўқишга бўлган қизиқишларини янада ошириш ҳамда ўзбек ва жаҳон адабиётининг сара асарларига меҳр уйғотиш мақсадида «Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати томонидан Тошкент ирригация ва мелиорация институтида «Зукко китобхон» кўрик танлови ўтказилди.

Кўрик танлови давомида экспертлар жамоаларни низом асосида холисона баҳолашди. «Зукко китобхон” кўрик танловида Гидротехника иншоатларини қуриш ва улардан фойдаланиш факультетининг «Муҳандис» жамоаси 2-ўринни қўлга киритди.

Ғолиб бўлган жамоаларни институт раҳбарияти томонидан Маънавият ва марифат ишлари бўйича проректор Қ. Шавазов,  бош ҳисобчи И. Ҳасанов, Мониторинг ва ички назорат бўлим бошлиғи Х. Лапасов, «Камолот» ЁИҲ БТ етакчиси У. Алимов тақдирлади.

Fevral oyi yakunlari bo’yicha fakultetlar faolligi monitoringi!

 

TIMIda «Kamolot kubogi» yakunlandi. 27-fevraldan start olgan «Kamolot kubogi» sport musobaqasi qiziqarli va murosasiz baxslarga boy bõldi. Jamoalarning barchasi g’laba uchun kurashib, munosib ishtirok etdi. Musobaqaning final bosqichi 3-mart kuni bõlib õtdi. Yakuniy hisob bõyicha natijalar quyidagicha
1 — õrin YeF va YeK fakulteti;
2 — õrin SXAM fakulteti;
3 — õrinni GTIQ va UF fakulteti qo’lga kiritdi. Musobaqa so’ngida g’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

2017-yil 20-fevral kuni “Kamolot” YIH BT Kengashi tomonidan Lashkarbegi mahallasida yashovchi kam tamilangan va boquvchisini yo’qotgan qariyalar holidan hamda xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan habar olindi.
1) Qoriy Niyoziy ko’chasi
2) Lashkarbegi ko’chasi 15-uy Ibragimova Maya opa
3) Lashkarbegi ko’cha 9-uy Miller Galliyabonu
4) Lashkarbegi ko’cha 7-uy Alibekov Djahongir
5) Qoriy Niyoziy ko’chasi 31-uy Parshutina Alina
Loyihada doirasida mahallada istexomat qilyotgan mehnat fahriylariga inistitut “Kamolot”YIH BT a’zolari va Suv xo’jaligini avtamatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti faol talabalari tomonidan bayram sovg’asi tag’dim etildi.
  

Футбол

17.02.2017, 18.02.2017 ҳамда 20.02.2017 кунлари “Гидромелиорация” факультети талабалари ўртасида Камолот ЁИХ нинг ташаббуси билан барча курслар ўртасидаги “Футбол” мусобақаси бўлиб ўтди. Беллашув биринчи бўлиб бир хил курсдаги гуруҳлар  ўртасида сўнг курслар ўртасида аниқланди. Ўйинни биринчи бўлиб факультетимизнинг иккинчи босқич талабалари очиб бердилар.   Ўйинда ғолиблар рақибларини бирин кетин енгиш орқали шохсупанинг йетакчи ўринларини егалладилар.  Биринчи курслар ўртасида 104 гурух талабалари, иккинчи курслар ўртасида 205 гуруҳ талабалари ва учинчи курслар ўртасида 312  гурух талабалари ғолибликни қўлга қиритдилар

   

Шахмат,  “Armwrestling”

Дам олиш кунини мазмунли ўтказиш мақсадида 19.02.2017 куни “Гидромелиорация” факультетининг талабалари 4-талабалар турар жойида Ўзбекистон Республикасининг                  1-президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг  хотирасига бағишлаб, “Armwrestling” ҳамда “Шахмат-Шашка” мусобақаларини ўтказдилар. Бу беллашувда талабалар ўзининг жисмоний ҳамда ақлий кучларини синадилар. Мусобақада кўплаб талабалар қатнашдилар. “Armwresling” мусобақасида ғолиблар 3 хил вазн (60, 70, 80 кг) бўйича аниқланди. Рўзматов Аброр (60кг), Хусанов Абдуқодир (70 кг), Эшқобилов Акмал (80 кг)  ўз вазнлари бўйича биринчиликни қўлга киритдилар. Шахмат-шашка мусобақаси бўйича биринчиликни Карраев Фирдавс қўлга киритди.  Ғолиблар медал, фахрий ёрлиқ ва пул мукофотлари билан тақдирландилар.

     

Заковат

18.02.2016 куни  “Гидромелиорация” факультетининг талабалари томонидан 4-талабалар турар жойида қизлар ўртасидаги “Заковат” интеллектуал беллашуви ўтказилди. Бу беллашувда кўплаб иқтидорли талаба қизлар қатнашдилар. Ўйинда учта жамоа иштирок етди. Бу жамоалар ўзларининг гуруҳларини “Умид”, ”Эверест”,  ”Зукколар” деб номлашдилар.  Беллашув жуда хам қизиқарли бўлиб ўтди.   Мусобақада 14 та савол ўйналди. Ўйин якунига келиб “Зукколар” жамоасининг қизлари энг кўп саволларга тўғри жавоб берганликлари маьлум бўлди. Ғолиб жамоа факультет декани томонидан фахрий ёрлиқлар билан тақдирланди. Балли “Зукколар”!!!

      

Yanvar oyi yakunlari bo’yicha fakultetlar faolligi monitoringi!

—————————————————————————————————————————————————————

SXM fakultetida talabalar rağbartlantirildi

01.02.2017 yil Suv xõjaligida menejment fakulteti rahbariyati tomonidan yanvar oyi yakunlari bõyicha taqdirlash ishlari olib borildi.Fakultetning yanvar oyida ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy ishlarda faol qatnashgan talabalari tõğrisida Suv xõjaligida menejment fakulteti rahbariyatiga Fakultet «Kamolot» yetakchisi va Fakultet guruh sardorlaring sardori munosib talabalarni tavsiya qilishdi!


Fakultet dekani Ibragimov.A.G tomonidan 23 nafar talaba Tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Suv xõjaligi menejment fakultet dekani Ibragimov.A.G talabalarga yana shuni aytib õtdiki, «Kelgusida bunday tadbirlar kõplab tashkil qilinadi, siz yaxshi õqing, talabchan bo’ling, õz ustingizda ishlang. Biz sizni e’tibordan chetda qoldirmagan holda munosib taqdirlaymiz».


30-yanvar kuni boshlangan «Kamolot» YIH BT yetakchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar

Mirzaqobulov Jahongirmirzo Baxtiyorjon o’g’li 1991-yil 11-sentabr kuni Andijon viloyati Jalolquduq tumanida tavallud topgan. 2012-2016 yillarda “Gidromelioratsiya” fakultetida tahsil olgan. Bakalavr davrida ma’lum muddat “Kamolot” fakultet yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2009-2012 yillarda Andijonsoy irrigatsiya tizimi boshqarmasiga, Qo’rg’ontepa suv bo’limi, suv inshootlari texnik nazoratchisi lavozimida ishlagan. 2016-yildan TIMI magistranti, suv kadastri va Suv resurslaridan samarali foydalnish yo’nalishida tahsil olmoqda.
Hozirda TIMI Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi 1-toifalik injiner lavozimida 0,5 stavkada ishlab kelmoqda.
Toshkent shahar OTMlar o’rtasida o’tkazilgan «YIL FAKULTETI YETAKCHISI — 2015» g’olibi bo’lgan.

 

 

Normurodov Shahzod Sayfiddin o’g’li 1994-yil 28-dekabr kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 2014-yildan buyon “Gidromelioratsiya” fakultetining “Suv xo’jaligi va melioratsiya” mutaxassisligi bo’yicha tahsil olmoqda. “Kamolot” YIH BT Fakultet yetakchisi. 2013-2014 yillarda: “Kamolot” YIH Shayxontohur tumani Kengashi Tashkiliy kadrlar, axborot-tahlil hamda BTlar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mutaxassis. 2014-2015 yillarda: “Kamolot” YIH Mirobod tumani Kengashi bosh mutaxassisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi (0.5 stavka)

 

 

Xolova Sarvinoz Oripovna 1992-yil 17-sentabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida tavallud topgan. “Suv xo’jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash” fakulteti talabasi(4-kurs). Beruniy va “Kamolot stipendiyasi” sovrindori

 

 

 

Berdimurodov Akmaljon Azamat o’g’li 1992-yil 5-may kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida tavallud topgan. 2014-yil 16-sentabrdan “Suv xo’jaligida menejment” fakulteti talabasi. 2011-2102 yillarda: Samarqand viloyati, Narpay tumani MTP mexanik yordamchisi. 2013-2014 Harbiy xizmat(MXX qo’shinlari). ASM Iqtisodiyoti Respublika fan olimpiadasi g’olibi, “Tafakkur sinovlari” respublika bosqichi sovrindori.


 

 

 

——————————————————————————————————————————————————

«Kamolot stipendiyasi» sovrindorlari reytingi e’lon qilindi.

«Kamolot» YIH Markaziy Kengashi tomonidan tasis etilgan «Kamolot stipendiyasi» sovrindorlari faoliyati doimiy nazorat qilib boriladi. «Kamolot» YIH Toshkent shahar Kengashi tomonidan sovrindorlar faolligi ularning faoliyati to’g’risida hisobotlar asosida monitoring qilib boriladi. 2017 yil yanvar oyida olib borilgan monitoring natijalariga ko’ra Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 2-kurs talabasi Raxmatova Muhlisa 36,0 ball bilan 2-o’rinda, «Kamolot stipendiyasi» uzaytirilgan sovrindorlar o’rtasida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 4-kurs talabasi Sarvinoz Xolova 29 ball bilan 1-o’rinni band qildi.
«Kamolot stipendiyasi» sovrindori bo’lgan barcha talabalarga omad tilaymiz!

—————————————————————————————————————————————

Bugun 25-yanvar talabalar turar joyi(TTJ)da Õzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti — Islom Karimov xotirasiga bağishlangan qizlar õrtasida intelektual õyin tashkillashtirildi.SXAM fakulteti qizlari õrtasida «Zukko qizlar» zakovat teleõyini õtkazildi.

Hurmatli prezidentimizning «Farzandlarimiz bizdan kõra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bõlishlari shart» sõzlarini shior qilib olgan ushbu zakovat õynida jami 5ta jamoa ishtirok etdi: «Dream», «Android girls», «Quvnoqlar», «Omadlilar» va «Imkon» jamolari. Ushbu tadbirni SXMA fakulteti dekani Muratov Ashurbek, Xotin-qizlar qõmitasidan Tõxtayeva Nazira, TTJ rahbari Bozorov Baxtiyor, «Kamolot» YoIHBT yetakchisi Uchqun Alimov va institut ustozlari kuzatib bordilar. Qizğin kechgan zakovat õynida yakuniy hisob bõyicha ğoliblikni «Quvnoqlar» jamoasi õlga kiritdi. 2-õrinni «Imkon», 3-õrinni esa «Android girls» jamoasi egalladi. Ğolib va sovrindor jamoalarga fakultet dekani va «Kamolot» YoIHBT tomonidan diplom, faxriy yorliqlar va esdalik sovğalari taqdim etildi.

Tadbir SXAM fakulteti talabasi Xolova Sarvinoz va tashabbuskor qizlari tomonidan tashkillashtirildi.

————————————————————————————————————————————-

20-yanvar kuni Madaniyat saroyida yana bir e’tiborga molik, aniqroği kõpdan beri kutilgan tadbir õtkazildi

20-yanvar, 15:00da «Gidromelioratsiya» fakultetining yil sarhisoblari bõyicha «Kamolot e’tirofi» taqdirlash marosimi bõlib õtdi. 2016-yilda qilingan mehnatlari bilan fakultet miqyosida õz õrniga ega bõlgan professor-ustozlar va talabalarning 17ta nominatsiya bõyicha eng yaxshilari aniqlab olindi. Tadbirda ma’naviy va ma’rifiy ishlar bõyicha prorektor — Qodirjon Shavazov, «Kamolot» YoIH BT yetakchisi Uchqun Alimov, fakultet dekani va dekan muvoinlari, professor-ustozlar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir turli xildagi sahna kõrinishlari va musiqiy chiqishlar davomiyligida õtdi.

.

———————————————————————————————————————————————

Rektor barcha guruh faollari bilan uchrashdi


2017-yil 20-yanvar kuni «Axborot soati» vaqtida institut rektori — Xamidov Muhammadxon Xamidovich institutning barcha guruh sardorlari, «Kamolot» yetakchilari va Kasaba uyushmasi talabalari bilan ochiq suhbat kõrinishidagi uchrashuvini õtkazdi.
Madaniyat saroyida bõlib õtgan ushbu uchrashuvdan kõzlangan asosiy maqsad haqida gapirar ekan, rektor, yiğilish ishtirokchilarini institut hayotida nechoğlik muhim ahamiyat kasb etishlarini eslatib õtdi.
Õz nutqida M.Xamiodv, Virtual Qabulxonasiga kelib tushgan murojatlar tez muddat ichida kõrib chiqilib, ijobiy tomonga hal etilayotganini raqamlar misolidi aytib õtdi. Shuning uchun talabalar yechimini topa olmayotgan masalalari yuzasidan Virtual Qabulxonaga murojat qilishlari mumkinligini ta’kidlab õtdi.
Uchrashuv sõngida talabalar õz takliflarini erkin bayon qilishdi. Xususan, sport tõgaraklarning turlarini kengaytirish, institut hududida qõshimcha tarzda shariotlar yaratish, kitobxonlikni oshirish borasidagi chora tadbirlar, fakultetlar orasida eng yaxshsini aniqlash tizimini yõlga qõyish, fakultet sardorlari uchun moddiy texnika bazasini takomillashtirish kabi takliflar bildirildi. Rektor bildirilgan takliflar yuzasdian shu ishga mas’ul kishilarni zalning õzida tayinlab kerakli topshiriqlarni yukladi. Shu bilan kelajakda qilinadigan ishlar belgilab olindi.

———————————————————————————————————————————————

Тошкент ирригация ва мелиорация институти «Камолот» ЁИҲ бошланғич ташкилотининг 2016 йил декабрь ойида амалга оширилган лойиҳаларда факультетлар фаоллиги тўғричида маълумот

сана Тадбир номи мах. балл ГМ СХАМ ГТИҚ ва УФ ЕФ ва ЕК СХМ
декабрь «Ёшлар хафталиги»да талабалар иштироки иштирок 10 10 10 5 5 10
декабрь 1-курс гуруҳлар ўртасида Футбол мусобақаси деканат иштироки 10 8 0 10 8 0
иштирок 10 10 5 10 10 0
ғалаба 10 10 10 10 10 0
декабрь «Тафаккур синовлари» кўрик танлови Республика босқичида иштирок деканат иштироки 10 0 8 0 0 10
иштирок 10 10 10 10 10 10
ғалаба 10 8 8 8 8 8
декабрь «Камолот» стипендияси Республика босқичи муносабат 10 10 10 0 8 10
иштирок 10 10 10 0 0 10
ғалаба 10 10 10 0 0 10
декабрь Факультет Ҳисобот сайлов йиғилиши деканат иштироки 10 0 8 0 5 10
вазифалар ижроси 10 0 10 0 0 10
декабрь Факультет сардорининг ташаббускорлиги маълумотлар 10 10 10 0 5 8
декабрь Лойиҳаларнинг матбуотда ёритилиши маълумотлар 10 5 5 5 5 5
декабрь Қариялар холидан хабар олиш маълумотлар 10 10 10 10 10 10
декабрь Муддатли харбий хизматни ўтаб ўқишга қабул қилинган талабалар билан ишлаш маълумотлар 10 10 8 10 10 10
декабрь Ойлик ҳисоботларни расмийлаштириш маълумотлар 10 0 0 0 0 0
жами 160 121 132 78 94 121

———————————————————————————————————————————————

Kamolot stipendiyasi-2017

2017-yil kirib kelishi institut jamoasiga ajoyib hushxabar bilan boshlandi, desak xato qilmagan bõlamiz. Avval xabar qilganimizdek, 31-dekabr kuni «Kamolot» stipendiyasining sõngi, hal qiluvchi bosqichi natijalari e’lon qilingan edi. Unda institutimizning ikki nafar talabasi ğolib bõldi va bir nafar talabamizning «Kamolot» stipendiyasi uzaytirildi.
Bu natijalar õz-õzidan kelayotgani yõq, albatta. Talabalarimizning say harakatlari va institut jamoasining ilmiy-amaliy kõmagi bunday natijalarga erishishning asosi ekanligi haqiqat.
«Kamolot» stipendiyantlarimiz haqida qancha kõp gapirsak, shuncha ozdek tuyiladi. Nafaqat «Kamolot» stipendiyasi, balki boshqa kõrik tanlovlar va tadbirlarda ham talabalarimizning faol ishtirokini kõrishimiz mumkin.
«Biz hechqachon bir yerda turib qolmaymiz, yanada yuqori chõqqilar bizni kutmoqda!»

———————————————————————————————————————————————

«Камолот” кубоги

“Ўзбекистон Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишнинг қўшимча чора-тадбирлари ижроси тўғрисидаги” 2015 йил 11 декабрдаги 07-07/1-76 сонлиВазирлар маҳкамасининг 65-сонли баёни бандлари ҳамда “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати бошланғич ташкилоти “Гидромелиорация” факультети Кенгашининг 2016 йил 2-март куни навбатдаги кенгайтирилган Кенгаш йиғилиши баёни ижроси юзасидан 2016 йил 17,18,19,20 март кунлари “Гидромелиорация” факультети Кенгаши томонидан “Камолот” кубоги” футбол мусобақасининг факультет босқичлари ташкил этилди. Футбол мусобақасининг 1-кунида факультетда таҳсил олаётган 1-босқич талабалрнинг жамоалари қура натижаларига кўра майдонга тушишди ва кескин муросасиз бахсларни олиб боришди. Қура натижасига кўра бир жамоа саралаш босқичидан сўнг ярим финал ўйинларига тўғридан-тўғри йўлланмани қўлга киритар эди. 1-кун ўйинларига кўра

                      kamolot1 

kamolot2.

kamolot3

  Кескин ва муросасиз кечган беллашувлардан сўнг майдонга 1-босқич талабалари ўртасида бахс олиб бораётган 2-гуруҳ жамоаси, яни финалчилар майдонга чиқиб келишди. Жуда ҳам шиддат ва ўзгача жозиба бахш этган финал ўйинида 106-гуруҳ жамоаси 104-гуруҳ жамоаси устидан пеналтилар бахсида 1-0 хисобида иродали ғалабани қўлга киритди.

Турнирининг 1-кун якунларига кўра

  • “Энг интизомли жамоа” номинациясини “104-гуруҳ жамоаси”
  • “Энг яхши тўп урар” номинациясини 106-гуруҳ жамоаси хужумчиси Норбеков Сирожбек
  • “Энг яхши дарвазобон” номинациясини 103-гуруҳ жамоаси дарвазобони Абдурахмонов Авазбек
  • “Энг яхши ўйинчи” номинациясини 104-гуруҳ жамоаси хужумчиси Сардор Жумабоев
  • “Энг яхши сардор” номинациясини 106-гуруҳ жамоаси сардори Худойбердиев Азизлар муносиб деб топилдилар.

Ғолибларни тақдирлаш маросими ҳамда “Камолот” кубогининг топширилиши турнирнинг 4-кунига яни 20-март санасига белгиланди.

20160317_144119   20160317_175754

20160317_151415   20160317_170832

20160317_170832   20160317_175251

“Камолот” ЁИҲ Гидромелиорация

 факультети сардори                                                                                                                   Ш.Нормуродов

———————————————————————————————————————————————

“КЕКСАЛАР ЭЪЗОЗДА” ҳайрия лойиҳаси

Тошкент ирригация ва мелиорация институти талабалари Тошкент шаҳрида истиқомад қилувчи боқувчисини йўқотган ва кам таъминланган қариялар холидан хабар олиш мақсадидад ҳайрия ташрифини уюштирди. Мирзо Улуғбек туманида жойлашган Лашкарбеги МФЙда истиқомад қилаётган уруш ва меҳнат фахрийлари талабаларнинг ташрифларидан миннатдор бўлишди. “Сув хўжалигида менежмент” факультети талабалари томонидан бошлаб берилган ҳайрия ташрифи оммалашиб, бошқа факультет талабаларининг ташрифларига уланди.

“Кексаларнинг холидан хабар олиш, уларнинг кўнглини кўтариш биз ёшларнинг бурчимиздир” дейди Тошкент ирригация ва мелиорация институти “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати бошланғич ташкилоти фаоли  Акмал Бердимуродов

 

713212891_9679          713233931_94126

“Урбанизация жараёнлари, қишлоқларда яшаш шахарларда яшашдан кўра қулай” мавзусида “Мунозара дебат” ўйинлари ўтказилди

Тошкент ирригация ва мелиорация институтида ташкил этилган “Мунозара дебат”клубининг янги мавсумдаги 2-саралаш босқич ўйинлари “Урбанизация жараёнлари, қишлоқларда яшаш шахарларда яшашдан кўра қулай” мавзусида ташкил этилди.

Факультет талабаларидан ташкил этилган 8 та жамоа аъзолари тасдиқ ва инкор позицияси бўйича ўзларининг фикр мулохазаларини ҳакамлар хайъати ва томошабинларга етказиб берди.

“Мунозара дебат” клуби фаолиятининг ривожланиши талабаларнинг ҳар томонлама мукаммал ва мустақил фикрлаши, қатъий ҳаётий позицияга эга бўлиши, уларда тизимли таҳлил қилиш, мантиқий фикрлаш ва моҳирона мунозара олиб бориш қобилиятларини ривожлантиради.

“Мунозара дебат” клубининг фаолиятига Тошкент давлат шарқшунослик институти, Ўзбекистон миллий университети, Тошкент давлат юридек университети ва Тошкент давлат аграр университетидан талабаларнинг жалб этилганлиги клуб фаолиятини янада ривожаланишига асос бўлмоқда.

DSC_0083
DSC_0084
DSC_0056
DSC_0049
DSC_0050
DSC_0094
DSC_0082

———————————————————————————————————————————————

Тошкент ирригация ва мелиорация институти

111

ёшлар ижтимоий ҳаракати бошланғич ташкилоти

“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент ирригация ва мелиорация институти бошланғич ташкилоти томонидан ташкил этилган
“Мунозара” дебат клубининг очилиши тўғрисида

М А Ъ Л У М О Т

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 6 февралдаги  ПҚ-2124-сонли “Ўзбекистони Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатининг қўшимча-чора тадбирлари тўғрисидаги” қарори ижросини таъминлаш ҳамда ёш авлодни ақлли, доно, зукко ҳар томонлама етук, жисмонан соғлом қилиб тарбиялаш, уларда сўз эркинлиги тамоиллари асосида шахсий фикр, шахсий дунё қараш тушунчасини улар онгига сингдириш. Улар қалбида ватанга мухаббат, юртга садоқат, ватанпарварлик ҳиссларини йўғдирган ҳолда улар қалбига сингдириш мақсадида “Камолот” ЁИҲ Тошкент ирригация ва мелиорация институти бошланғич ташкилоти томонидан 2015 йил 27 ноябрь куни институт “Камолот” ЁИҲ фаоллар хонасида “Мунозара дебат” клубининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Маросимда институт “Камолот” ЁИҲ БТ етакчиси У.Алимов, Мунозара дебат клубининг 2014 йилги Республика кубогида “Энг яхши 1-спикер” мукофоти совриндори, Тошкент давлат юридек университети талабаси Ё.Юсупова, клубнинг яна бир аъзоси Тошкент давлат шарқшунослик институти талабаси, 2014 йилги Республика кубоги иштирокчиси А.Хўжаевлар ҳамда институтнинг 50 нафар фаол ва иқтидорли талалаблари иштирок этди.

Тадбир давомида ёғилганларга клуб фаолияти, ўйин қоидалари, регламент, олиб борилиш тартиби, музокаралар қоидаси ҳамда белгиланган мавзулар бўйича бир қатор тушунчалар бериб ўтилди.

Шундан сўнг институт талабалари томонидан маърузачилар ва бошланғич ташкилот етакчисига бир қатор саволлар берилди.

12

13       11

———————————————————————————————————————————————

“Камолот” шахмат тахтаси 

Шахмат – теран ақл-у заковат, сабр-у сабот, чидам ва ирода, худди ҳаёт аксидай! Бугун ҳамюртларими Рустам Қосимжонов, Нафиса Мўминова ва медаллар шодасини  қўлга киритган ёш Исломбек Синдаров каби шахмат усталари «фил-у» «от” ўйнатиб дунёни ҳайратга солмоқдалар.

Тошкент ирригация ва мелиорация институти талабалар турар жойида 2015 йилнинг 17 ноябрь куни шахмат спорт тури бўйича мусобақа ташкил этилди. Мусобақада иштирок этган иқтидорли ёш шахматчилар ўз тенгдошлари билан биринчилик учун кураш олиб боришди.

Мусобақада ўзининг интелектуал салоҳияти, кўникма ва билимларга эга бўлган Гидромелиорация факултети талабаси Солибоев Илхомбой 3-ўринни, Сув хўжалигини бошқариш ва унинг иқтисодиёти факультети 3-босқич талабаси Акбар Ибодуллаев 2-ўринни, Гидротехника иншоотларини қуриш ва улардан фойдаланиш факультети 2-босқич талабаси Абдумажидов Назар 1-ўринни қўлга киритишди.

Шашка  бўйича  ўтказилган мусобақаларда  1-ўринни  Гидромелиорация факултети талабаси Асадов Шамшод,  2-ўринни Гидромелиорация факултети талабаси Бектошев Акбарали, 3-ўринни Гидромелиорация факултети талабаси Жумабоев Сардорлар қўлга киритишди.

Мусобақада талаба ёшлар билан биргаликда институт профессор-ўқитувчиларининг иштирок этганлиги мусобақани янада кўтаринки савияда ўтишини таъминлади. Ғолиб ва совриндорлар “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати бошланғич ташкилоти томонидан эсдалик совғалари билан тақдирландилар.

20151117_185656   20151117_200234

———————————————————————————————————————————————

Тадбирлар

“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати

Тошкент ириигация ва мелиорасия институти

Гидромелиорация факултети бошланғич ташкилотининг 3-декабрь “Халқаро ногиронларни мухофаза қилиш” куни муносабати билан ўтказилган ҳайрия тадбири

DSC_0182

Мамлакатизда ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувтлаш мақсадида йилдан-йилга бир қатор ишлар кенг самарали тарзда  ташкил этилиб ривожлантириб келинмоқда. Шундай ҳайрли ишлар 3-декабрь “Халқаро ногиронларни мухофаза қилиш” куни муносабати билан тумандаги 105-мактаб, 130-умумтаълим мактаблари ва 2 та қўшимча касб-ҳунар коллежлари тарбияланувчи-ёшлари  учун ҳайрия тадбири ташкил этилди.

Тадбир, факултет “Камолот” ЁИҲ етакчиси Мирзақобулов Жаҳонгир ва факултет фаол иқтидорли талабаси Нормуродов Шаҳзодларнинг ғояси билан “Бу муқаддас Ватанда азиздур инсон!” шиори остида ташкил этилди.

Тадбирни ташкил этишда Мирзо Улуғбек тумани ҳокимлиги, “Камолот” ЁИҲ Мирзо Улуғбек туман Кенгаши, Тошкент ирригация ва мелиорация институти,  Гидромелиорация факултети маъмурияти яқиндан ёрдам берди.

Тадбир жорий йилнинг 3-декабрь куни  Мирзо Улуғбек тумани 105-умумтаълим мактабида ўтказилди. Тадбирда ёшлар ва меҳмонларимиз учун дастурхон ёзилиб 400 нафар ёшларга қозонларда ош дамланиб тортиқ этилди.

DSC_0172

Тадбирда Гидромелиорация факултети декан мовунлари Бўриев Салимжон, Норқулов Бегзод, Шайманов Низомиддинлар  ва “Камолот” ЁИҲ Мирзо Улуғбек туман Кенгаши раиси Мелс Тошевлар сўзга чиқиб ёшларга қаратилаётган эътибор, мамлакатимизда олиб борилаётган ислохатлар ҳамда кенг кўламли ишлар тўғрисида айтилиб тадбир муносабати билан факултет “Камолот” ЁИҲ Кенгашининг эсдалик совғалари 4 та самбуферлар топширилди.

Тадбирни ташкил этишда факултет Кенгаши томонидан жами 2.6 млн сўмлик маблағ сарфланиб ёшларга кўтаринки кайфият улашган холда йуқори даражада ташкил этилди.

 

DSC_0157

Тадбир сўнгида ҳомийлар туман ҳокимлигининг ташаккурномаси билан тақдирланди.